TATU Farg‘ona filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens- nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov tomonidan “Biz – korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida talaba-qizlar oʻrtasida targʻibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir filialining lider qizlari va guruh sardorlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Bunda talaba-qizlarga Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlarida keltirilgan “Korrupsiya”, “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “Manfaatlar toʻqnashuvi”, “Shaxsiy manfaatdorlik”, “Yaqin qarindoshlar” kabi atamalarning mazmuni va mohiyati batafsil tushuntirilib berildi.


