Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktor maslahatchisi A.Usmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bolshlig‘i I.Kaxxarov, filial profilaktika inspektori A.Mirzaliev, sirtqi bo’lim boshlig’i M.Norinovlar tomonidan «Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida sirtqi bo‘limi 2-kurs guruh sardorlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbir davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari, qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashishda «komplaens-nazorat» tizimining ahamiyati xususida batafsil ma’lumot berildi. Mavzu doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.