Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

Oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan Respublika ishchi-guruhi vakillari TATU Farg’ona filialimizda o‘rganish ishlarini olib borildi. 25-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi attestatsiya-akkreditatsiya bo‘limi bosh mutaxassisi Tirkashboy Boyjanov TATU Farg’ona filialida bo‘lib, oliygoh rahbariyati bilan birgalikda muassasaning yangi barpo etilgan ilg‘or muhandislik maktabi, registrator ofisi, axborot-resurs markazi va yangi barpo etilgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi bilan tanishdi....
Read More
TATU Fargʻona filiali Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti talabalari Farg’ona viloyati “Tez tibbiy yordam” ko’rsatish markazi AKT bo’limiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida tizimning ishlash samaradorligi, serverlar orasidagi ma’lumot uzatilishi tezligi, serverlar orasidagi integratsiya, uzulishlar mavjud bo’lsa ularni bartaraf etish bo’yicha imkoniyatlar o’rganildi. Mutaxassislar tashrif so’ngida bo’limga amalga oshirilayotgan ishlar haqida muhim va kerakli ma’lumotlar berildi.
Read More
Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar, o’zlarining ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlash maqsadida, “Viloyat o’lkashunoslik muzeyi”ga tashrif buyurdilar. Ushbu sayohat orqali ular viloyatimizning boy tarixi, madaniy merosi va an’analarini yaqindan o’rganishdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning tafakkurini boyitish, ma’naviy dunyosini rivojlantirish va jamoat hayotiga faol qatnashishlariga xizmat qiladi.
Read More
TATU Fargʻona filiali Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti talabalarining bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish! Bugun Fargʻona shahrida talabalarimiz uchun diqqatga sazovor joylarga tashrif uyushtirildi! Festival ko’ngil ochar markazida sport va o’yinlar bilan boyitilgan vaqt o’tkazishdi. Tashrif davomida talabalarimiz: 🎮 Stol tennisi 🎳 Bowling ⛸ Muz uchish o’yinlarida faol qatnashdilar! Bu kabi tadbirlar talabalarimizni birlashtirib, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli va foydali o’tkazishga xizmat qiladi.
Read More
TATU Fargʻona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti “Telekommunikatsiya injiniring” kafedrasi qoshidagi “Ilg’or muhandislik maktabi”da talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida bir qator amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan:Elektronika asoslari va yarimo‘tkazgichlar kursi;Signal va tizimlar. Mazkur amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar va bozor talablariga mos muhandis sifatida shakllantirish maqsad qilingan.
Read More
1 4 5 6 7 8 373