Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

🏪 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali fakultetlari o‘rtasida talabalarning qiziqishlaridan kelib chiqib sportning suzish turi bo’yicha tadbir tashkil qilindi. 🏊‍♂️ Sport tadbiri o‘tkazishishdan asosiy maqsad yoshlar o’rtasida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarni sportga jalb qilish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat. Ushbu harakatlar yoshlarni ruhan, aqlan, jismonan rivojlanishiga hissa qo‘shadi hamda talabalarni o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortishiga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 🥇-o’rin Fazliddinov Ziyovuddin...
Read More
👨‍💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali akademik litseyida bitiruvchi o‘quvchilar uchun «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🎸 Tadbir judayam qizg‘in, ko‘tarinkilik bilan tashkil etildi. Tadbirga TATU Farg‘ona filialidan mehmonlar tashrif buyurib, bitiruvchilarga kelgusi qadamlarida omadlar tiladilar. Tadbirda bitiruvchi o‘quvchilar ustozlarga bag‘ishlab sheʼr, qo‘shiqlar ijro etdi. 💥 Tashrif buyurgan ota onalarga farzandlarining erishgan yutuqlari uchun litsey maʼmuriyati tomonidan tashakkurnoma taqdim etildi.
Read More
🧧 30-31-may kunlari Samarqand viloyatida Jomboy tumanidagi «Sof Expo Samarqand» ko‘rgazmalar majmuasi ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo’lib o’tdi. 🧰 Yarmarkada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchi va talabalar ham ishtirok etib qaytishdi.
Read More
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oliy o‘quv yurtida davlat xususiy sherikchilik asosida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyini ko‘zdan kechirdi. Fasad qismlari muhokama qilinib, vazir o‘z tavsiyalarini berdi. Talabalar turar joyi yangi o‘quv yiliga qadar imkon qadar tezroq ta’mirdan chiqarish kerakligi ta’kidlab o’tildi. Bu bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.
Read More
1 95 96 97 98 99 342