Caption aligned here

Blog Full Left Sidebar

Bugun, 13- sentyabr kuni TATU Farg’ona filialimizda xalqimizning o‘tmishi, qadimiy urf-odatlari, an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos  xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo’lmish “XON ATLAS” festivali bo‘lib o‘tdi. Bugungi festivalda barcha xotin-qizlar universitetga milliyligimiz ramzi boʻlmish Xon atlas, Beqasam, Banorasva Adras matolaridan tikilgan milliy liboslarda ishga keldilar.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori Farrux Muhammadovich boshchiligidagi delegatsiya Vengriya Xalq Respublikasining Szeged shahriga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan ko’zlangan maqsad “ArchEnerg” klasteri bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim talablarini amalga oshirish, xorijiy ilmiy rahbarlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ilmiy-tadqiqot institutlarini yaratish kabi ustuvor masalalar bo‘yicha kelishuvlarga erishishdan iboratdir. Vengriya Xalq Respublikasining Seged...
Read More
👩‍🏫 Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Otaxonova va dekan maslahatchilari “Talabalik unvoni” ga ega boʻlgan qizlar bilan tanishdilar. ♻️ Filialda Xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berildi. 🤝 Yigʻilish qatnashchilari boʻlgan filialning 1-kurs talaba qizlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Read More
ANDIJON shahrida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining SARALASH BOSQICHI FESTIVALI oʻtkazildi! 📌 Saralashda filialimiz iqtidorli talabalaridan iborat “Vodiy boylari” jamoasi ham munosib tarzda ishtirok etishdi. Tez kunlarda saralash natijalari eʼlon qilinadi
Read More
TATU Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakultetida rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirokida “Birinchi kurs maktabi” doirasida talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, “Murakkab jarayonlarni modellashtirish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi”, Kiberxavfsizlik markazi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash markazi, ARM va Student office faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Read More
1 39 40 41 42 43 373