🎗 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PQ-20 sonli Buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash to’g’risidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida «Buyuk siymolarni yod etib» nomli badiiy kecha o’tkazildi.
🎉 Tadbirda Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga bag‘ishlangan kuy va qo’shiqlar, g‘azallar hamda sahna ko‘rinishlari talabalar tomonidan ijro etildi. Tadbir yakunida tanlovlarda g‘olib bo‘lgan iqtidorlili talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🔥 Ushbu tadbir Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi, O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi hamda filial Media markazi tomonidan tashkillandi.


