Mediateka

Category

TATU Fargʻona filiali Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti talabalari Farg’ona viloyati “Tez tibbiy yordam” ko’rsatish markazi AKT bo’limiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida tizimning ishlash samaradorligi, serverlar orasidagi ma’lumot uzatilishi tezligi, serverlar orasidagi integratsiya, uzulishlar mavjud bo’lsa ularni bartaraf etish bo’yicha imkoniyatlar o’rganildi. Mutaxassislar tashrif so’ngida bo’limga amalga oshirilayotgan ishlar haqida muhim va kerakli ma’lumotlar berildi.
Read More
Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar, o’zlarining ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlash maqsadida, “Viloyat o’lkashunoslik muzeyi”ga tashrif buyurdilar. Ushbu sayohat orqali ular viloyatimizning boy tarixi, madaniy merosi va an’analarini yaqindan o’rganishdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning tafakkurini boyitish, ma’naviy dunyosini rivojlantirish va jamoat hayotiga faol qatnashishlariga xizmat qiladi.
Read More
TATU Fargʻona filiali Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti talabalarining bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish! Bugun Fargʻona shahrida talabalarimiz uchun diqqatga sazovor joylarga tashrif uyushtirildi! Festival ko’ngil ochar markazida sport va o’yinlar bilan boyitilgan vaqt o’tkazishdi. Tashrif davomida talabalarimiz: 🎮 Stol tennisi 🎳 Bowling ⛸ Muz uchish o’yinlarida faol qatnashdilar! Bu kabi tadbirlar talabalarimizni birlashtirib, ularning...
Read More
TATU Fargʻona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti “Telekommunikatsiya injiniring” kafedrasi qoshidagi “Ilg’or muhandislik maktabi”da talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida bir qator amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan:Elektronika asoslari va yarimo‘tkazgichlar kursi;Signal va tizimlar. Mazkur amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar va bozor...
Read More
TATU Fargʻona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti “Iqtisodiyot va kasb ta’limi” kafedrasi tomonidan talabalar turar joyida osh palov taomi tashkil etildi! Talabalarimiz uchun mazali va sogʻlom taom tayyorlandi. Ushbu tadbir orqali talabalar bir-birlari bilan vaqt o‘tkazib, mazali ovqatni baham ko‘rdi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filiali Xotin-qizlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi va fakultetlarning dekan maslahatchilari tomonidan 2-sonli TTJ da oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Oʻrganishdan maqsad talabalar bilan muloqot qilish, ularning turar joydagi sharoitlarini o‘rganish, o‘qish va yashash jarayonida duch kelayotgan muammolarni tinglash hamda kerakli yordamni ko‘rsatish.
Read More
Viloyatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni katta ko‘tarinkilik bilan nishonlandi. Bayram munosabati bilan TATU Fargʻona filiali jamoasi “Vatanparvarlar bog‘i”dagi “Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimida eshtirok etdi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan oliygohimizda harbiy vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadida harbiy ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalarning vatanparvarlik ruhi yanada mustahkamlab, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tarixiy ahamiyati va uning jamiyatdagi o‘rni keng yoritildi.
Read More
Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti talabalari uchun kuzgi semestr yakunlari boʻyicha “Yakuniy nazorat imtihonlari”ni yozma va test shakllarida oʻtkazish tartibini tushuntirish maqsadida konsultatsiya yigʻilishi oʻtkazildi. Uchrashuvda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari T.Abdullayev yakuniy nazorat imtihonlarini Oliy taʼlim va innovatsiyalari vazirligi tomonidan tasdiqlangan 452-sonli buyruq asosida tashkil etilishi haqida talabalarga maʼlumot berib oʻtdi. Dasturiy injiniring hamda...
Read More
1 2 3 4 5 35