Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat yo’nalishidagi ishlar

Category

Kompyuter injiniringi va Sun’iy intellekt fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi va Davlat Kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi bilan shartnoma imzolandi. Hamkorlikda kafedra professor o’qituvchilari S.I.Karimov, A.Hakimov va D.Sotvoldiyevalar tomonidan 614-21 gurux kompyuter injiniringi yo’nalishi talabalarini “Geoaxborot texnologiyalari” fanidan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash, hamda “Tarmoq-oliygoh-korxona” tamoyili va dual ta’lim dasturi tashkil etish maqsadida Davlat Kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasiga...
Read More
TATU Farg‘ona filiali Kompyuter tizimlari kafedrasi va “Raqamli texnologiyalar markazi direksiyasi” o‘rtasida hamkorlikda dual ta’lim dasturi tashkil etilmoqda. Ushbu hamkorlik U.Axundjanov va M.Lazarev boshchiligidagi darslar davomida 618-21 guruh Kompyuter injiniringi (AT-servis) talabalariga amaliy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratilmoqda.
Read More
Mamlakatimizda 1999- yilda ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti barkamol, oqila xotin-qizlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Farg‘ona shahridagi 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Ushbu ko’rik tanlovda TATU Fargʻona filiali Dasturiy injiniringi kafedrasi asissenti Dilnozaxon Abdurasulova va  Kompyuter injiniringi va Sun’iy intelekt fakulteti 4-bosqich talabasi Nafosatxon...
Read More
Musobaqalarda Qoʻqon universiteti va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) Fargʻona filiali talabalari sportning futbol, voleybol, stol tennisi, kibersport, armwrestling; arqon tortish, tosh ko’tarish turlari, shuningdek, quiz musobaqasi va Abdullla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani boʻyicha oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi. Oʻrtoqlik uchrashuvlari sifatida tashkil etilgan musobaqalarda quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi: Futbol boʻyicha TATU Fargʻona filiali jamoasi;...
Read More
Qoʻqon universitetida “Raqamli O‘zbekiston-2030” davlat dasturi doirasida Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg‘ona filiali rahbariyati va talabalari tashrif buyurdi. Turizm majmuasining majlislar zalida barcha ishtirokchi talabalarga Qoʻqon universiteti Akademik ishlar departamenti Jamoliddin Kambarov va TATU Fargʻona filiali direktori Farrux Muxtarov besh tashabbus doirasida oʻtkazilayotgan musobaqalarda omad va muvaffaqiyat tiladi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens- nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov tomonidan “Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha” mavzusida targ‘ibot tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirda Dasturiy injiniringi va kiberxavfsizlik fakulteti va Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetilarining professor-o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Bunda professor-o‘qituvchilarga Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlarida keltirilgan “Korrupsiya”,...
Read More
TATU Farg‘ona filiali va Codial – Zamoniy Kasblar Akademiyasi hamkorligidagi seminar bo‘lib o‘tdi. TATU Farg’ona filiali talabalarining kuchli talabi asosida tashkil etilgan seminarda talabalarga IT- sohasi bo‘yicha maslahatlar berildi hamda hozirgi bozor talabiga mos keladigan kadr bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligi o‘rtaga tashlandi.
Read More
TATU Farg’ona filiali 2- sonli talabalar turar joyida DXSH direktori M.Abdunabiyev va tarbiyachi pedagog O. Mo’minova tashabbusi bilan osh tanlovi va sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Talabalarimiz o’z mahoratlarini namoyish etib, doʻstona muhitda ajoyib vaqt o’tkazdilar. G’oliblar va ishtirokchilarni tabriklaymiz!
Read More
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va inovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-sentabrdagi 347-sonli buyrugʻiga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida kriptologiya bo‘yicha ichki fan olimpiadasi o‘tkazildi. Bu olimpiadada ishtirokchilar qiziqarli va raqobatbardosh muhitda bilimlarini sinab ko‘rdi. 1, 2, va 3-o‘rinni egallaganlar Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi. Talabalarimizga omad tilaymiz!
Read More
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti tyutorlari O.Ruziyeva, R.Xudoberdiyeva va Kutubxona-axborot faoliyati yoʻnalishi boʻyicha taxsil olayotgan 520-23-guruh talaba-yoshlari Fargʻona shaharida joylashgan Al-Fargʻoniy nomidagi Viloyat axborot resurs markaziga tashrif buyurdilar. Tashrifdan koʻzlangan maqsad talaba-yoshlarni Kitobga, vatanga muhabbatni, yurtga sadoqatni, tarixni anglash, vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Read More
1 2 3 4 5 10