Telekommunikasiya injiniring va kasb taʼlim fakultetida besh tashabbus olimpiadasi doirasida futzal musobaqasining final bosqichi oʻtkazildi 🥅 Unda 631-24- guruh va 631-23- guruh jamoalar qatnashdi. Oʻyin natijasiga koʻra 631-23-guruh talabalari gʻoliblikni va fakultetlar oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.Read More
TATU Fargʻona filialida talaba-yoshlar o‘rtasida “Etnosport” bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi PQ-259-sonli qarori ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlarning jismoniy hamda aqliy yetukligini yanada shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va talaba yoshlar o‘rtasida “Etnosport” bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi Unda Kamonda otish, Tosh koʻtarish, Oq terakmi – ko‘k terak, Arqon tortish, Qarabtep, Besh tosh,...Read More
Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti talabalari o’rtasida Kibersport musobaqasi bo’yicha fakultet birinchiligi o’z yakuniga yetdi! Musobaqaning yakuniy natijalarga koʻra gʻolib deb topilgan jamoaga esdalik sovgʻalari topshirildi. Turnir natijalariga koʻra: 1-o’rin 6⃣5⃣1⃣➖2⃣1⃣2-o’rin 5⃣4⃣1⃣➖2⃣3⃣3-o’rin 5⃣4⃣7⃣➖2⃣4⃣ Yuqori oʻrinni egallagan jamoalar universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdiRead More
TATU Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich hamda “Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti” 1-bosqich talabalari o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Ochiq muloqat davomida talabalar savol va takliflar bilan ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan berilgan savol va takliflarga oliygoh rahbari o‘sha yerni o‘zida yechim va mutasaddilarga kerakli topshiriqlarni berdi.Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich hamda “Kompyuter injiniringi va sun’iy intellkekt” fakulteti 1-bosqich talabalari o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Ochiq muloqat davomida talabalar savol va takliflar bilan ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan berilgan takliflarga rahbar o‘sha yerni o‘zida yechim va mutasaddilarga kerakli topshiriqlarni berdi.Read More
2-sonli Talabalar turar joyida “Zakovat ligasi” tashkillandi! Ushbu liga qavatlar oʻrtasida oʻtkazilib, 5 turdan iborat boʻladi. Musobaqaning yakuniy natijalarga koʻra gʻolib deb topilgan jamoaga esdalik sovgʻalari topshiriladi. 1-tur natijalariga koʻra: 5-qavat 7️⃣ 4-qavat 5️⃣ 2-qavat 4️⃣ 1-qavat 3️⃣ 3-qavat 1️⃣Read More
TATU Farg’ona filiali 2- sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalari bilan filialning Axborot xavfsizligi kafedrasini navbatdagi kafedra kuni bo’lib o’tdi. Tadbirda talabalar bilan “Kibermaydonda yuz berayotgan zamonaviy kibertahdidlar va ularga qarshi samarali kiberxavfsizlik yechimlari” mavzusida qiziqarli suhbat o’tkazildi. Shuningdek, tadbir so’ngida talabalar o’rtasida jamoalar tuzilib Cybersport musobaqasi o’tkazildi.Read More
Codial va TATU Farg‘ona filiali o‘rtasida rasmiy hamkorlik doirasida seminar tashkil etildi. Seminar davomida:Zamonaviy kasblar;IT sohasidagi tendensiyalar; ➖ Bozor talablari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlik IT va raqamli texnologiyalar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam hisoblanadi. Bu kelgusida IT bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich hamda “Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik” fakulteti 1-bosqich talabalari o’rtasida ochiq muloqot bolib o’tdi. Tadbir davomida fakultetining Axborot xavfsizligi, Kiberxavfsizlik hamda Dasturiy injiniring yo’nalishlariga yuqori ball bilan qabul qilingan talabalarga direktorning tashakkurnomalari topshirildi. Ochiq muloqat davomida talabalar savol va takliflar bilan ishtirok etishdi.Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida Dasturiy injiring va kiberxavfsizlik fakulteti “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari oʻtkazildi. Mazkur musobaqalarda qatnashish uchun jami 25 nafar jamoalar qamrab olingan. Final bahsida 640-21 guruh talabalari 652-24 guruh talabalarini 9-2 hisobida magʻlubiyatga uchratib, bosh sovringa ega chiqdilar!Read More