DIQQАT E‘LON!!!

Hurmatli professor-oʼqituvchilar, ilmiy tadqiqotchi doktorantlar, magistrant va talabalar.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2023-yil 3-fevraldagi 10/4053-sonli xati hamda Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-2024-o‘quv yilida Latviya hukumati tomonidan mazkur davlat ta’lim muassasalarida bepul tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va yozgi lagerda ishtirok etish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilingan.

Latviya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjat natijalari asosida tanlab olinadilar.

Ushbu tanlovda (bakalavriyat, magistratura, doktorantura, yozgi lager) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar ariza va barcha zarur hujjatlarini ilova qilgan holda, 2023-yil 1-aprelga qadar on-line tarzda taqdim etishlari kerak. Hujjatlarga ularning ingliz yoki latish tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi lozim. Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati bilan Latviya Respublikasi Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat agentligining

www.viaa.gov.lv/en/latvian-state-scholarships,

www.viaa.gov.lv/en/summer-schools,

www.viaa.gov.lv/en/studies

veb-sahifalarida tanishish yoki Agentlikning xalqaro hamkorlik dasturlari katta mutaxassisi Marika Pira bilan scholarships@viaa.gov.lv elektron pochta manzili orqali bog‘lanish ham mumkin.

Mazkur tanlovda ishtirok etishni xohlovchi talabgorlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Xorijiy aloqalar boʼlimiga ariza va zarur hujjatlar topshirish uchun murojat qilishlari mumkin. (Toshpulatov Sh.M. Tel:+99893-377-77-48)