Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasida “Eng yaxshi elektron resurs yaratish” tanlovi o’tkazildi. Tanlovda fakultetning 4- va 3- bosqich talabalari ishtirok etdi.
⏱ Tanlov hayʼat a’zolari: fakultet dekani B.Daliyev, Iqtidorli talabalar bo’limi xodimlari A.Abdulxamidov, Sh.Mamatov hamda ATT kafedrasi mudiri I.Bilolov, dotsent A. Xaydarovlar ishtirok etishdi.
Tanlov natijalariga ko’ra:
🥇 Oʻrinni 620-19 guruh talabasi X.Sarimsakovga Bir stipendiya 100% miqdori;
🥈 Oʻrinni 620-20 gurux talabasi K.Temirovga Bir stipendiya 75% miqdori:
🥉 Oʻrinni 620-19 gurux talabasi A.Sultonovga Bir stipendiya 50% miqdoridagi sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.




