Ergashev Otabek Mirzapo’latovich Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi

Ergashev Otabek Mirzapo’latovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar TATU Farg‘ona filialida “Axborot texnologiyalari” kafedrasi, dotsent lavozimida ishlagan.

Kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!