TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti dekani B.Daliyev, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Rayimov, tyutor O.Ruziyevalar Fargʻona shahar 51-Sohibkor MFY, Yaxshilik koʻchasida istiqomat qilayotgan fakultet talabalarini yashash sharoitlarini oʻrganildi.
Talabalarni yashash sharoitlarini oʻrganish jarayonida talabalarga odob-axloq, sanitariya-gigiyena meʼyorlariga rioya etishni, gaz va elektr jihozlaridan foydalanish boʻyicha, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkillash uchun til toʻgaraklariga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ijara xonadonlari egalari, ota-onalar hamda ta’lim muassasasi hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.


