Seminar treningda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Kadirov, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi J.Avazov, tyutor K.Eminov va filialning bir guruh faol talabalari ishtirok etdilar. Seminar trening yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokroturasi akademiyasi xalqaro tashkilotlar BMT va UNESCO tashkilotlari hamkorligida tashkillandi. Seminar treningning asosiy maqsadi, davlatimizda korrupsiya va uning kelib chiqish omillari, korrupsiyaga qarshi kurash chora tadbirlari, korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan Prizident qarorlari ijrosini ta’minlash, keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va faolligini kuchaytirish borasidagi bir qator amaliy fikrlar, mulohazalar, tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi. Korrupsiyaga qarshi kurash agentlik vakili S.Mamatov tomonidan mavzu yuzasidan turli kerakli ma’lumotlar, agentlikning tashkil topishi, maqsad vazifalari, kelgusidagi rejalar bayon etildi. Kelgusida qilinadigan ishlar rejasi aytib o‘tildi. Treningda bir qator qiziqarli innovatsion mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda faol ishtiroki uchun TATU FF tyutori K.Eminov talabalar, D.Boltov, A.Murodovlar agentlikning sertifikati bilan taqdirlandilar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati