Filialga Xitoy Respublikasi Shangdong universiteti delegatsiyasi tashrifi buyurdi

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga Xitoy Respublikasining Shandong provinsiyasi China Jinan shahrida joylashgan Shandong texnologiyalar universiteti Xalqaro almashinuv va hamkorlik boshqarmasi direktori NIU Shutian,  Qishloq xo‘jaligi muhandisligi va oziq-ovqat fanlari fakulteti dekani LI Zhihe,  Kompyuter fanlari va texnologiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari WANG Zhiqiang,  Shanxay iqtisodiyot va savdo instituti dekan muovini Kong Qiang, Shanxay iqtisodiyot va savdo instituti Toshkent markazi direktori Fan Li, rus tili o‘qituvchisi (tarjimon) LI Lingyundan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

♻️ Tashrif mobaynida o‘zaro xalqaro aloqalar va professor-o‘qituvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish, talabalar almashinuvi, xalqaro loyihalarda ishtirok etish masalalarida suhbatlashildi. Shuningdek, bakalavr 2+2, magistratura 1+1 qo‘shma ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha qizg‘in munozaralar olib borildi.

🤝 Uchrashuv yakunida qo‘shma ta’lim ochish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi. Filialimiz rahbari boshchiligida delegatsiyani Xitoy Respublikasining Shandong texnologiyalar universitetida kutib qolishlarini hamda universitetlar o‘rtasidagi rasmiy memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilishdi.