O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi rahbari Gafurov Yusufbek Ikramovich tashabbusi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga Xitoy Respublikasining Sindao shahrida joylashgan Xitoy-Shanxay hamkorlik tashkiloti iqtisodiyot va savdo instituti prorektori Kong Qiang tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida o‘zaro xalqaro aloqalar va professor-o‘qituvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish, talabalar almashinuvi, xalqaro loyihalarda ishtirok etish masalalarida suhbatlashildi.
Suhbat davomida Xitoylik talabalarni filialga o‘qishga jalb etish, ularga yaratilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.







