Men bugun vaktsina oldim!
Agar Siz vaktsina olmagan bo‘lsangiz, fursatni boy bermay, sizga vaktsina olishni tavsiya qilaman.
Bugungi kunda, virus yuqtirmaslik uchun nima qilishimiz kerak? Bu vaziyatdan qachon va qanday qutulamiz?
Ushbu dardni qanday bartaraf etish mumkin? Uni qanday yechim bor? Virusdan himoyalanish yo‘li bormi?
Bor! Bu faqatgina VAKTSINA olish yo’lidir.
Hurmatli professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar! Siz avvalo oilangiz, yaqinlaringiz va bizga keraksiz! O‘zingizni ehtiyot qilish va bu kasallikdan saqlanish yo‘li vaktsina olish deb o‘ylayman.
Sizning harakatlaringiz, to‘g‘ri qarorlaringiz oilangiz, yaqinlaringizga ibrat bo‘ladi. Tashabbusni qo‘lga oling! Vaktsina oling! Yaqinlaringiz va o‘zingizning hayotingiz, sog‘ligingizga befarq bo‘lmang!
Vaktsinatsiya – birgina o’zimiz uchun emas, balki butun jamiyat sog’ligi uchun ham o’ta muhimdir. Vaktsina olish – bu barchamizning fuqorolik burchimizdir.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori Akbarali Maxamatovich Rasulov.
Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati