✅ Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida eng yaxshi investisiya ta’limga yo‘naltirilganidir, deb bejiz aytmadilar.
👑 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 11-fevral — «Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar Xalqaro kuni»ga bag‘ishlab o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligida ham asosiy e’tibor sifatli ta’limga qaratilgandir.
📌 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali ma’naviyat markazida o’tkazilgan tadbirda oliy dargohning ziyoli, olima va bo’lg‘usi olima qizlari ishtirok etib, o‘zlarining ilm-fan sohasida olib borayotgan izlanishlari va yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar.
✅ Forumda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Pardahol Norqobulova so‘zga olib, filialning iqtidorli talabalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirib, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlarni targ‘ibotini tashkil etish borasida kerakli tavsiyalar berdi.