Bahorning ilk kunlarida bahor timsollari qizlarimiz ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Anjumanda viloyatning “Oqila ayollar” harakati viloyat yetakchisi Y.Rahimova, “Yuksalish” umummilliy harakati rahbari N.Elchiyeva, Viloyat axborot-kutubxona markazi direktori H.Shermatova, TATU Farg’ona filiali xotin-qizlari maslahatchilari O.Ruziyeva, D.Rahmonqulova, Z.Ermatovalar hamda viloyatning ilgʻor xotin-qizlari ishtirok etishdi.
Oliy ta’lim talaba qizlari uchun bugungi anjuman tom ma’noda yoʻlchi yulduz boʻldi. Chet elda ta’lim, grantlar yutish, muvaffaqiyat yoʻllari haqida erkin muloqot tashkil etildi.


