Iqtidorli talabalar xonalari tashkil etildi

🏛 TATU Fargʻona filiali Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, bilim va malakalarini yanada oshirish maqsadida to‘garaklar, shuningdek, iqtidorli talabalar xonalari tashkil etildi.

👨‍💻 Unga ko‘ra IT, matematika, fizika, va chet tillari yo‘nalishida to‘garaklar bo‘yicha tajribali professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Ustoz-shogird” an’analariga asosan o‘qitish va malakasi oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

♻️ Ushbu to‘garak xonalari uchun alohida dizayn ishlab chiqildi va shu asosida jihozlandi.

🎓 Shu bilan birgalikda, to‘garak rahbarlari o‘rtasida “Fan to‘garaklari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi va g‘oliblarni moddiy rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilgan.