Is gazidan ehtiyot bo’ling!
Har yili ob-havo sovushi bilan isitish pechlaridan notoʼgʼri foydalanish va loqaydlik sabab aholi xonadonlarida is gazidan zaharlanish va boshqa yongʼin bilan bogʼliq koʼngilsiz xolatlar koʼpayadi. Аchinarlisi, buning oqibatida insonlar qurbon boʼladi.
Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, kuz-qish mavsumida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari koʼrilishi kerak.
FАRGʼONА ShАHАR FАVQULODDА VАZIYATLАR BOʼLIMI OGOHLАNTIRАDI
Is gazi – yonuvchi modda va materiallarning (gaz, yogʼoch, koʼmir kabilar) chala yonishi natijasida hosil boʼladigan rangsiz va hidsiz gaz hamda zaharli modda hisoblanadi.
Is gazining ajralishi nostandart va nosoz gaz asboblaridan hamda isitish pechlaridan foydalanish, talabga javob bermaydigan dudboʼronlarni oʼrnatish yoki ularni notoʼgʼri oʼrnatish, mavjudlarini oʼz vaqtida tozalamaslik, gazning yetarli miqdorda havo bilan aralashmasligi kabilar tufayli sodir boʼladi.
Is gazi vujudga kelishi sabablariga yoʼl qoʼymaslik va undan zaharlanmaslik uchun bir qator ehtiyot choralarini koʼrish tavsiya etiladi:
Gaz va muqobil yoqilgʼi (koʼmir, oʼtin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish;
Nostandart (qoʼlbola yasalgan) yoki sertifikatga ega boʼlmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmaslik;
Isitish pechlarining dudboʼronlarini toza va soz holatda boʼlishini taʼminlash;
Gaz yoki boshqa muqobil yoqilgʼiga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz ballonlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirmaslik;
Oshxonada oʼrnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmaslik;
Havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (koʼmir va oʼtin choʼgʼlari)dan foydalanmaslik;
Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni ochiq va ishchi holatda boʼlishini taʼminlash;
Xonadonlarga is gazini aniqlovchi qurilma oʼrnatish tavsiya qilinadi. Zero, qurilmani sotib olish va oʼrnatish xarajatlari oila aʼzolari, ayniqsa yosh bolalarning hayotidan qimmatga tushmasligi aniq.
Gaz ballonlarini isiqlik manbaiga yaqin joyda qoldirmaslik lozim. Аgarda binoda gaz hidi sezilsa, oyna va eshiklarni zudlik bilan ochish, koʼchaga chiqish va 104 raqami orqali gaz xoʼjaligi avariya xizmati yoki 1050 raqami boʼyicha qutqaruv xizmatiga qoʼngʼiroq qilish kerak. Bunday holatlarda chiroq, olov yoqish, elektr uskunalarini ishga tushirish taqiqlanadi.
Fargʼona shahar FVB NTB
boshligʼi leytenant B.Komilov