“Kasbiy faoliyatda nutq madaniyati” mavzusida seminar tashkil etildi

Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi majlislar zalida Ma’naviyat va ma’rifiy tayyorgarlik rejasiga muvofiq TATU Fargʻona filiali katta oʻqituvchisi filologiya fanlari falsafa doktori Xolmatova Odinaxon Oʻktamovna tomonidan “Kasbiy faoliyatda nutq madaniyati” mavzusi bo’yicha ma’ruzasi tinglandi.

Farg’ona viloyati hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbari Kamolov Yusufjon Shamsiddinovichning “Farg’ona viloyatida 2024-yilning 1-31-oktyabr kunlari o’tkazilayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha “Dolzarb oylik”” bo’yicha ma’ruzasi yetkazildi.

Boshqarma Favqulodda vaziyatlar monitoringi va tahlil xizmati katta ofitseri katta leytenant Inomov Elyorbek Rasuljon o’g’lining Jaxonda, Respublikamizda va viloyatimizda sodir bo’lgan FV bo’yicha ma`ruzasi yetkazildi.

Boshqarma Hayot faoliyati xavfsizligi o’quv markazi boshlig’i podpolkovnik Yunusov Abduvohid Odiljonovichning boshqarma huquqiy savodxonligini oshirish rejasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-modda “Tovlamachilik”, 166-modda “Talonchilik”, 167-modda “O’zlashtirish yoki rastrat yo’li bilan talon-taroj qilish” va 168-modda “Firibgarlik” bo’yicha ma`ruzasi yetkazildi.

Shuningdek, boshqarma Axborot tahlil va ijro intizomi bo’limi boshlig’i mayor Anvarjon Mamajonov tomonidan xafta davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan kelgan buyruqlarni o’qib eshittirildi hamda ijro intizomi yo’nalishi bo’yicha ma’lumotlar shaxsiy tarkibga yetkazildi.