Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200 Farmoni uning ijrosi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida professor-o‘qituvchilarga maʼlumotlar berildi va qonun buzilishi, manfaatlar to’qnashuvi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni kelib chiqishi sabablari hamda salbiy oqibatlari haqida tushuntirildi.
Shunigdek uchrashuvda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida «halollik vaksinasi» ni targ‘ib qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga ularni faol jalb etish masalalarida muloqot qilindi.




