Koronavirusga chalingan abituriyentlar diqqatiga!
⏳ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida koronavirusga chalinib, to‘liq sog‘aygan abituriyentlarga qayta test sinovi tashkil etiladi.
? Mazkur test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar yoki ularning vakillari yuqoridagi ariza shaklini to‘ldirib, 16-avgustga qadar covid@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.
? Bunda ariza bilan birga pasport nusxasi, “Abituriyent ruxsatnomasi” va abituriyent koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.
? Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etishning to‘liq tartibi bilan ushbu (https://t.me/dtmuzb/3799) sxema orqali tanishishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot: https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi