Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan «Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbir davomida Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti talabalari o‘rtasida «Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz» hamda sirtqi bo‘limi ikkinchi mutaxasisligi talabalari ishtirokida «Korrupsiya jamiyat kushandasi» mazusida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov, Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti dekani B.Daliev ishtirok etdi. Tadbirda talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida huquqiy tushunchalar berildi.