TATU Farg‘ona filiali va Farg‘ona shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorlikda Farg‘ona shahridagi “Vatanparvar bog‘i”da “Milliy qadriyatlar sayli” tanlovlari o‘tkazildi.
Milliy qadriyatlar sayli doirasida talaba-yoshlar tomonidan milliy kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari, zakovat intellektual o‘yini, milliy folklor qo‘shiqlari, milliy xon atlas liboslari, hunarmandchilik buyumlari namoyishi bo‘lib o‘tdi.



