Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali talabalari ham ushbu Respublika tanlovida faol qatnashib kelishmoqda.
Bu tanlovda Dasturiy injiniring kafedrasi o’qituvchi A.Muhammadjonov tomonidan tashkil etilgan “Texnovoy” jamoasi a’zolari 681-22 guruh talabasi Baxodirov Nurislombek va ilmiy rahbari O.Rayimdjonova bo’lgan 631-23 guruh talabsi Ro’zaliyev Muhammadazizlar IQ test, loyihalar taqdimotidan muvaffaqiyatli o’tib viloyat bosqichiga yo’llanma sohibi bo’lishidi. Sertifikat va umumiy summasi 4 mln so’m pul mukofatlarini qo’lga kiritishdi.

