O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №4910-sonli qarori ijrosi yuzasidan Prezident Administratsiyasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali akademik litseyida maxalliy va xorijiy ta’lim muassasalari yuqori malakali pedagog xodimlari ishtirokida onlayn tarzda dars mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun vebinar auditoriya tashkil qilindi. Auditoriya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali tomonidan bir dona “ViewSonic” rusumdagi videoproyektor va bir dona veb kamera ajratildi. Vebinar auditoriyasi optik tolali internet tarmog‘iga ulangan noutbuk, videoproyektor, veb kamera va markerli oq doska bilan jixozlandi. Vebinar xonasida Zoom platformasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali o‘qituvchilari tomonidan onlayn darslar tashkillandi.
Akademik litsey ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari M. Axronqulova, B. Polvonovalar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dosenti, filologiya fanlari nomzodi M. Mirzayev bilan xamkorlikda umumta’lim maktablarining yuqori sinflari va akademik litsey o‘quvchilari uchun adabiyot fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlandi.