TATU Farg‘ona filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov, shu bo‘lim bosh mutaxasisi S.Qodirova, direktor maslahatchisi A.Usmonov va filial matbuot kotibi R.Nabijonovlar ishtirokida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali akademik litseyida o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni litsey direktori I.Mamajonov ochib berdi va so‘zni I.Kaxxarovga berdi.
I.Kaxxarov tadbir qatnashchilariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi va «Korrupsiya taraqqiyot kushandasi» mavzusini atroflicha yoritib berdi. Yig’ilish yakunidan akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.