Tadbirda filial rahbar va faxriy xodimlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlaridan iborat ahil jamoa aʼzolari ishtirok etdilar. Mazkur kichik majlislar zalining ochilishi va foydalanishga topshirilishi barchaga ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Shu kuni boshqaruv Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va filial istiqboli yuzasidan navbatdagi strategik vazifalar belgilandi.