O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan rasmiy tadbir da Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan doimiy tanishib boradigan bilimdon talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.Tadbirda universitetning “Prokurorlar” va “Advokatlar” jamoalari bellashdilar. Tanlovni shaffof o‘tkazish maqsadida 5 nafar ustozlardan iborat Hakamlar hay’ati shakllantirildi. Tanlov “Prokurorlar” jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Tadbir davomida ARM xodimlari tomonidan Konstitutsiyaga oid qonunlar to‘plamlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
G’oliblar esdalik sovg’a va pul mukofati bilan taqdirlandilar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati