O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkuir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865-son qarori 9-bandi ijrosi yuzasidan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlashga qaratilgan “Navoiy va yoshlar” dasturi” hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 20 yanvardagi 87-06-78-sonli xati ijrosi yuzasidan filialda talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
2021 yilning 8 fevral kuni filialning katta majlislar zalida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan filialning ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda filialning “Tillar” kafedrasi tilshunos dosenti M. Mirzayev A. Navoiyning ijod yo‘llari mashaqqatlari va biz yoshlarga me’ros qoldirgan hazinalaridan bo‘lgan satrlari bilan tadbir ishtirokchilarini bahramand etdi. Shoirlikka iqtidori bor talabalarning ijod mahsullaridan na’munalar eshitildi. Tadbirda 120 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Shu jumladan, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlab “Navoiyxonlik va Boburxonlik badiiy kechasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Gulchexra Asronova, filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov, filial Axborot resurslar markazi xodimlari, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Sh. Holmatov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va 180 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.