Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona viloyatyi hokimi yoshlarning siyosati ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari G’. S. Qosimov, Viloyat DXX mas’ul xodimi X. K. Bayzakov hamda Filialning barcha Professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari qatnashdilar. Tadbir davomida filial jamoasiga Filial direktori A. Rasulov O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, maxsus idoralar hamda Bosh prokuratura tomonidan mamlakatimizning Oliy ta’lim muassalarida Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi murosasiz pozitsiyasi hamda siyosatining oraliq natijalari haqida nutq so‘zladi. Respublika OTMlarida uchrab turadigan tamagirlik holatlari haqida video film namoyish qilindi, hamda mahsus idora xodimlarining korrupsiya qarshi olib borilayotgan tadbirlardan lavhalar ko‘rsatib o‘tildi.