O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 25-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari Forumining 100-son bayonida belgilangan vazifalar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida yoshlarni ma’naviy ongini yuksaltirish, ularni oliy ta’lim muassasalari va undagi ta’lim tizimi jarayonlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish maqsadida Quvasoy shahar 17-o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari bilan 2021 yil 18-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tashrif mobaynida o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonlari, filial auditoriyalari hamda filialda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birgalikda maktab o‘quvchilariga filialning Laboratoriyaga mo‘ljallangan auditoriyasida Filial Matbuot kotibi – Axborot xizmati rahbari B. Turg‘unov tomonidan maktab bitiruvchilariga filialdagi o‘qish jarayonlari hamda imkoniyatlari yuzasidan axborot berildi. Shu jumladan axborot texnologiyalari, bugungi kunda filialda joriy etilgan fakultetlar hamda yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, filial Axborot xizmati rahbari tomonidan filialning ichki tartib qoidalari va kredit ta’lim tizimi bo‘yicha tushunchalar berildi.