2021 yil 17-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 25-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari Forumining 100-son bayonida belgilangan vazifalar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida yoshlarni ma’naviy ongini yuksaltirish, ularni oliy ta’lim muassasalari va undagi ta’lim tizimi jarayonlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish maqsadida Quvasoy shahar 24-o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tashrif mobaynida o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonlari, filial auditoriyalari hamda filialda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birgalikda maktab o‘quvchilariga filialning Laboratoriyaga mo‘ljallangan auditoriyasida Filial Axborot xizmati rahbari B. Turg‘unov tomonidan maktab bitiruvchilariga filialdagi o‘qish jarayonlari va imkoniyatlari yuzasidan axborot berildi. Shu jumladan axborot texnologiyalari, bugungi kunda filialda joriy etilgan fakultetlar hamda yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek filial Axborot xizmati rahbari tomonidan filialning ichki tartib qoidalari va kredit ta’lim tizimi bo‘yicha tushunchalar berildi.
Quvasoy shahar XTB tasarrufidagi 24- maktab psixologi tomonidan X T Vazirligining 2020- yil 7-avgustdagi 02/46 son nazorat rejasi va o‘quvchilarni Kasb-hunarga yo‘naltirish va Pedagogik Psixologik Respublika Tashxis markazining 2020yil 25- sentyabrdagi 46-sonli buyrug‘i Farg‘ona viloyati XTB boshlig‘ining 2020yil 29-sentyabrdagi 188-sonli buyrug‘i Quvasoy shaxar XTB mudirining 2020 yil 22- oktyabr 56-sonli buyrug‘i xamda 24-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining 2020 yil 24- oktyabr 34/1 sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida maktabning 11- sinf o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb qilish va Kasb-hunarga yunaltirish,kasblar xaqida bilimlarini oshirish,kasb tanlashlariga ko‘maklashish ularda kasbiy mativatsyani shakllantirish maqsadida viloyatimizda joylashgan TATU farg‘ona filiali va Farg‘ona Politexnika Institutiga “Ochiq eshiklar kuni” kuniga olib borishni xamda OTM yo‘nalishlari bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirish maqsadida sayohat uyushtirildi.Sayoxat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.