Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filial Axborot-resurs markazida filial direktori, falsafa fanlari doktori F.M. Muxtarov muallifligidagi “Kiberxavfsizlik asoslari” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi

Filial ARM direktori F.Arakulova tomonidan kitobning mazmun-mohiyati chuqur tushuntirildi, har bir sahifaga toʻxtalib oʻtdi hamda kitob elektronlashtirilganligi va xar bir mavzuga qo’shimcha ma’lumotlar QR-code bilan raqamlashtirilganligi, kitobxonlar uchun kitobdan foydalanish yanada qulaylashtirilganligi haqida maʼlumot berdi.