Uchrashuvda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov, Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakulteti talabalari, hamda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari – AKT startaplarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Yetmishboyev va Patentlash va tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i X.Tilyayev ishtirok etdilar.
Uchrashuvda institut vakillari o‘z faoliyatlari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdilar. Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Savol-javob va do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuvda, TATU Farg‘ona filiali talabalari uchun institutda amaliyot o‘tashlariga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

