Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Infokommunikatsiyada innovatsion texnologiyalarining istiqbolli qo‘llanilishining ilmiy asoslari” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo’lib o‘tdi

Anjumanni filial direktori F.Muxtarov tomonidan ochib berildi hamda ma’ruza uchun so’z navbati faxriy ishtirokchilari professor, t.f.d., O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi X.Z.Igamberdiyev, professor, t.f.d. A.M.Kasimaxunova, professor, t.f.d. A.Dj.Satybaevlar tomonidan qilingan ilmiy ma’ruzalar anjuman ishtirokchilarida katta ta’surot qoldirdi.

Yirik amaliy anjumanda o‘zbekistonlik olimlardan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va etakchi Oliy ta’lim muassasalaridan kelgan taniqli olim va ekspertlar ishtirok etishdi.