Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetida talabalar uchun har bir o’quv xonalarida ‘‘Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz‘‘ shiori ostida talabalarga “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. 1-bosqich talabalar uchun oliygohning professor-o’qituvchilari tomonidan tanishtiruv haftaligi boshlandi.
Fakultet dekani O.Otaqulov tomonidan talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish 2024-2025 o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda o’tkazish bo’yicha guruh sardorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.



