Mukofot

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bayram tadbirida bir qator ayol-qizlar taqdirlandilar. Ular orasida TATU Farg‘ona filiali talabasi “Mushoira” klubi koordinatori G‘anieva Sohibaxon “Farg‘ona ayoli” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lib, viloyat hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.