“Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.2019 yildagi № PF 5812 farmoniga muvofiq Namangan viloyati Yangiqoʼrgʼon tumani Nurafshon MFY da joylashgan Kompyuter texnologiyalari va aloqa kolleji, Аl Xorazmiy nomidagi Toshkent Аxborot Texnologiyalari Universiteti (TАTU) qoshidagi texnikumga aylantirildi. Bu texnikum oliy taʼlim tizimi bilan integrallashgan oʼrta maxsus professoional taʼlim tizimi boʼlib, Toshkent Аxborot Texnologiyalari Universiteti (TАTU) xuzurida faoliyat yuritadi. Vodiyda yagona texnikumga: umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejini tamomlagan, «Hayot davomida taʼlim olish» prinsipi asosida kamida umumiy oʼrta maʼlumotga ega boʼlgan shaxslar kunduzgi taʼlim shaklida toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga qabul qilinadi, oʼqish muddati 2 yil.
Texnikumni tamomlagan bitiruvchilarni oʼz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga belgilangan tartib asosida imtihonlarsiz yakka tartibdagi suhbat orqali Toshkent Аxborot Texnologiyalari Universiteti (TАTU) ga 2-kursdan oʼqishini davom ettirish huquqiga ega boʼladi. Yangi oʼquv yili uchun quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha kunduzgi shaklda oʼqishga taklif qilamiz.
– Kompyuter injiniring
– Dasturlash va dasturiy injiniring
– Аxborot xavfsizligi
Texnikumlarga texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali abiturientlarni hujjatlarini qabul qilish tashkil etiladi. Qabul 2020-yil 25-avgusdan – 25-sentabrgacha davom etadi.
Texnikumlarga elektron platforma orqali qoʼyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
– Elektron ariza;
– Umumtaʼlim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʼgʼrisidagi diplom (elektron) nusxasi;
– 3×4 fotosurat
Manzil: Namangan viloyati, Yangiqoʼrgʼon tumani, Nurafshon MFY
Murojaat uchun: 97 551 22 00, 97 254 61 00