“Olima ayollar – jamiyat koʻzgusi” nomli ilmiy va startap loyihalarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

11-fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni munosabati bilan TATU Fargʻona filialida “Olima ayollar – jamiyat koʻzgusi” nomli ilmiy va startap loyihalarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda filialning professor-oʻqituvchi olima ayollari va talaba qizlari oʻz ilmiy ishlari va startap loyihalari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazishdi. Ishtirokchilarning loyihalari hakamlar tomonidan baholanib, eng yaxshi ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.