Oliygohda “Saylov va yoshlar” mavzusida o’quv-seminar tashkil etildi

Joriy yilning 17-oktabr kuni Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlarida yoshlarning faolligini oshirishga qaratilgan “Saylov va yoshlar” mavzusida o’quv-seminar bo’lib o’tdi.

So’zga chiqqanlar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga to’xtalib, shu qatoda 2024-yil 27-oktabrda bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi aralash saylov tizimi orqali (mojaritar va proporsional tarzda) o’tkazilishi haqida batafsil to’xtalib oʻtdilar.