2022 yil 10 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Munavarxonovich Buzrukxonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida filialning yangi o‘quv yiligiga tayyorgarligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 563-son Qaroriga asosan Davlat xususiy-sheriklik asosida Talabalar turar joylarining qurilish ishlari jarayonlari bilan tanishdi. Tashrif davomida yangi qurilayotgan hamda qurilishi rejalashtirilgan ob’ektlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.