Bu haqda tegishli Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi.
✅ Qarorga koʼra, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident taʼlim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi.
✅ 2021–2025 yillarda Аgentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktab quriladi.
✅ 2021 yil 1 sentyabrgacha:
➖ Аgentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida taʼlimga ehtiyoji boʼlgan bolalar uchun inklyuziv IT taʼlim joriy qilinadi.
➖ 2021/2022 oʼquv yilidan Oʼzbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga toʼlov-kontrakt summasini qoplash uchun subsidiya toʼlanadi.
✅ Quyidagilarga:
➖ Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy taʼlim tashkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʼrsatkichlariga nisbatan qoʼshimcha davlat granti asosida;
➖ Аgentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik yoʼnalishidan kelib chiqib davlat oliy taʼlim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy toʼlov-kontrakt asosida;
➖ Аgentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yoʼnalishidan kelib chiqib davlat oliy taʼlim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy toʼlov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qoʼshimcha imtihonlarsiz oʼqishga kirish huquqi beriladi
Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati