Oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan Respublika ishchi-guruhi vakillari TATU Farg’ona filialimizda o‘rganish ishlarini olib borildi.
25-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi attestatsiya-akkreditatsiya bo‘limi bosh mutaxassisi Tirkashboy Boyjanov TATU Farg’ona filialida bo‘lib, oliygoh rahbariyati bilan birgalikda muassasaning yangi barpo etilgan ilg‘or muhandislik maktabi, registrator ofisi, axborot-resurs markazi va yangi barpo etilgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi bilan tanishdi.
O‘rganish davomida o‘quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, moddiy-texnik ta’minot, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar, takliflar ishlab chiqildi.