Psixolog bilan uchrashuv

🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti talaba-yoshlar hamda filial psixologi N.Mo’minova ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalarga psixologik rivojlanish xususiyatlar, shaxs sifatida shakllanish, shaxslararo munosabat maqomi, ularning yosh, jins, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.

Tadbirdan ko’zlangan maqsad axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan.