💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali tomonidan Qabul 2023 targ‘ibot va tashviqot ishlarini davom ettirish maqsadida joriy yilning 18-iyul kuni “Fazo taʼlim” o‘quv markaziga tashrif buyurildi.
🎓 O‘quv markazi o’quvchilariga oliygohimizda bakalavr, magistr, sirtqi va masofaviy taʼlim yo‘nalishlari hamda yangi tashkil etilgan sohalar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar yetkazildi.
🟡 Tinglovchilarning zamonaviy IT-sohasiga bo‘lgan ishtiyoqlari tufayli munozara mobaynida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarli javoblar berildi.





