Qabul va imtihon jarayoni korrupsiyadan holi

2024-yil 5-iyundan Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagidagi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Shu munosabat bilan TATU Farg’ona filiali qabul komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda filialida direktor maslahatchisi A.Usmonov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i I.Kaxxarov, qabul komissiyasi mas’ul kotibi M.Asrayev, qabul komissiyasi mas’ullari qatnashdi.

Jarayonlarni korrupsiyon holatlarsiz, adolatli va shaffof tashkil qilish, turli qonun buzilishlarisiz o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi.