Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Normativ-texnik bo‘limi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumi davomida qurilish obyektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan Favqulodda vaziyatlarni shuningdek, yong‘inlarni oldini olish maqsadida Farg‘ona, Quvasoy shaharlarida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli turarjoy binolaridagi qurilish tashkiloti ishchi xodimlari va quruvchilari uchun qurilish obyektlarida tashkil qilingan yotoqxonalarda yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaqtincha tortilgan ochiq xamda ximoya qobig‘ining ximoyalash darajasini yo‘qotgan elektr sim va kabellardan, ruxsat etilmagan qo‘lbola elektr uskuna jixozlaridan, nosoz elektr rozetka va o‘chirgichlardan, qo‘lbola elektr saqlagichlardan, ruxsat etilmagan tabiiy gaz uskunalaridan foydalanmaslik shuningdek is gazidan zaharlanishini oldini olish elektr payvandlash jarayonida ochiq elektr kabellaridan foydalanmaslik bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilishiga qaramay xanuzgacha quruvchilar yotgan yotoqxonalarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik xolatlari uchrab turibdi. Bunday holatlar birinchi navbatda quruvchilarning hayotini xavf ostiga qo‘yishiga olib kelishi bilan bir qatorda katta miqdordagi moddiy zararni ham keltirib chiqarishi mumukin. Quruvchi va ishchilardan shuni so‘rab qolamizki yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bilan o‘zingiz va yaqinlaringizni hayotini saqlab qolgan bo‘lasiz.
Farg‘ona viloyati FVB NTB mayor S.Soliyev